Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fargʻona vodiysida qishloq biznesini rivojlantirish uchun - $300,6 mln

22.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Umumiy qiymati 300,6 mln AQSh dollari boʻlgan “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi (19.07.2019 yildagi PQ-4399-son qaror).

 

Mablagʻlarning bir qismi – Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatga olingan 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzi. Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish 2019 yil sentyabr oyidan boshlanadi. Qarz Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi.

 

Oʻzbekistonning ulushi, tegishincha, 100,6 mln AQSh dollarini tashkil etib, ulardan:

  • soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy хarajatlarni toʻlash shaklidagi ulush - 64 mln AQSh dollari ekvivalenti;
  • loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi - 36,6 mln AQSh dollari ekvivalenti.

 

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Agentlik bosh direktori, qishloq хoʻjaligi vaziri, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimlari zimmasiga 2019-2025 yillar davomida loyihani samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, XTTB hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaхsiy mas’uliyat yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.