Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fargʻona vodiysida qoʻshimcha 7 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

17.12.2018

Rus tilida oʻqish

Ular viloyatning Fargʻona shahrida, shuningdek Furqat, Quva, Oʻzbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qoʻshtepa tumanlarida tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 12.12.2018 yildagi 1007-son qarorida nazarda tutilgan.

   

Ma’lumot uchun: Fargʻona viloyatida bir qator kichik sanoat zonalari faoliyat yuritmoqda (VMning 25.08.2017 yildagi 672-son qaroriga qarang).

 

Kichik sanoat zonalari foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha faoliyat yuritadi. Ob’yektlar bir oy muddatda tegishli hokimliklarga beriladi. Bunda soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib ravishda yoki ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushining va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish masalasi koʻrib chiqiladi.

 

Yangi tashkil etiladigan KSZ hududida investorlarga import oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklif etiladi. Joylashtirish boʻyicha aniq loyihalarning «yoʻl хaritalari» 2 oy muddatda ishlab chiqiladi.

 

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Biroq biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan.

 

Ijara toʻlovi faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan eng kam stavkada belgilanadi. Investitsiya loyihalarini bajarish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar Fargʻona viloyati EIZ va KSZ Ma’muriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_