Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya хavfini keltirib chiqaradi Nima uchun yil oхirigacha kadastr ma’lumotlarini tekshirish va tuzatishga ulgurish kerak 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari

Farmatsevtika EIZlarga suv, gaz va elektr tortib kelinadi

19.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 691-son qarori bilan 2017 — 2019 yillarda «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Boʻstonliq-farm» va «Parkent-farm» EIZ hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ma’qullandi.

 

Hujjat avtomobil yoʻllari, suv ta’minoti, kanalizatsiya va irrigatsiya tizimlari, elektr, gaz ta’minoti va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlashni koʻzda tutadi. Hammasi boʻlib dasturga umumiy moliyalashtirish miqdori 29 mlrd. soʻmdan ortiq  69 ta loyiha kiritilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari shu mazmundagi hujjat “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZga nisbatan qabul qilingan edi.

 

Qaror bilan vakolatli organlarga tegishli topshiriqlar berilgan hamda qator tashkiliy masalalar tartibga solingan.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.