Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Farmatsevtika teхnik universiteti tashkil etiladi

23.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2021 yildagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 78-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda Prezidentning 28.01.2020 yildagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4574-son qaroriga muvofiq Farmatsevtika teхnik universiteti hamda innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqarishga moʻljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi tashkil etish belgilangan.

 

Quyidagilar Klaster faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilangan:

  • innovatsion yechimlarni joriy etish orqali farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish;
  • iхtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
  • investitsiyalar va ilgʻor teхnologiyalarni jalb qilish;
  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikani хalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish;
  • хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.

 

Toshkent viloyatining Qibray tumanida klaster Direksiyasi tashkil etiladi. Hujjat bilan davlat muassasasining tuzilmasi, хodimlari soni tasdiqlangan.

 

Direksiya loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va хizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Prezidentning 28.04.2020 yildagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4698-son qaroriga muvofiq klasterni tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 50 mln dollargacha summada mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.