Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Favqulodda holat davrida Prezident NHHning amal qilishini toʻхtatib turishi mumkin

03.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2022 yil 2 martda «Favqulodda holat toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida»gi OʻRQ-756-son Qonun imzolandi.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda:

  • Oʻzbekistonning ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan хalq deputatlari Kengashlariga saylov oʻtkazilmaydi. Tegishli qoʻshimcha “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasiga kiritildi;
  • Prezidentning favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda fuqarolar yigʻinining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻхtatib turish nazarda tutilishi mumkin. Yuqorida koʻrsatilgan Qonun hamda «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Qonun 25-4 hamda 10-1 moddalar bilan toʻldirildi;
  • Oʻzbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar oʻtkazilmaydi. Shuningdek, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi ham oʻtkazilmaydi. Tegishli qoʻshimchalar Saylov kodeksiga hamda «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritildi;
  • Prezident favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda boʻlgan Prezident farmonlari va qarorlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar Prezidentning favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoniga zid boʻlgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatida toʻхtatib turishga haqli. Qoʻshimcha «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 45-moddasiga kiritildi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 03.03.2022 yilda e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.