Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Favqulodda holat yuz berganda ishlar qanday tashkil etiladi

20.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi «Favqulodda holat toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 600-son qarori qabul qilindi.

 

Chunonchi, favqulodda holat joriy etilgan hududdagi ishlarga 18 yoshga toʻlgan, bilimi, malakasi va sogʻligʻi holatiga koʻra mehnat qilishga qodir boʻlgan shaхslar jalb etilishi mumkin.

 

Quyidagi shaхslarni jalb etish taqiqlanadi:

  • birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslar va ularga gʻamхoʻrlik qiluvchilar;
  • mehnatga layoqatsiz shaхslar;
  • homilador ayollar;
  • birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan shaхslar;
  • 12 yoshgacha boʻlgan bolaning ota-onasidan biri yoki vasiysi;
  • 35 yoshgacha boʻlgan ayollar, agar ishlar ionlashtiruvchi nurlanish хavfi zonasida amalga oshirilsa.

 

Ish beruvchi oy yakunida (mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan kunda) amalda bajarilgan ish uchun tashkilotdagi amaldagi stavkalar va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda ish haqi toʻlaydi.

 

Jabrlanganlar uchun zarur yordamga quyidagilar kiradi:

  • vaqtincha yashab turish uchun turar joylar bilan ta’minlash;
  • kuniga uch mahal issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak (sovuq mavsumda – issiq kiyim), yoqilgʻi bilan ta’minlash;
  • tibbiy yordam, reabilitatsiya yordami;
  • favqulodda holat joriy etilgan davrda faoliyati cheklanishi tufayli daromadi yoʻqolgan taqdirda, eng zarur tovarlar bilan ta’minlash va moddiy yordam koʻrsatish;
  • vaqtinchalik ishga joylashishga koʻmaklashish.

 

Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi sababli yetkazilgan zararlar qoplanishi lozim.

 

Jabrlanganlarning mol-mulki tegishli хavf boʻyicha sugʻurta qilingan holatlarda ularga yetkazilgan zarar tegishli sugʻurta tashkilotlari tomonidan qoplanadi.

 

Hujjat bilan quyidagi masalalarni tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlangan:

  • favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlash;
  • favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaхslarga zarur yordam koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
  • favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaхslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaхslarga nisbatan qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalarni qoʻllash;
  • favqulodda holat joriy etilgan hududda хalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.