Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Favqulodda vaziyatlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar uchun doktorantura ochiladi

16.08.2017

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va teхnologiyalar agentligining  7.08.2017 yildagi «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va safarbarlik tayyorgarligi yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlar ustuvor yoʻnalishlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Hujjat bilan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish koʻzda tutilgan. Buning uchun aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik tayyorgarligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi. Bundan tashqari, mazkur sohada tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.

 

Ustuvor yoʻnalishlar bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari FVV tizimida amaliyotga tatbiq etiladi.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.