Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy хizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlar qanday imtiyozlar oladilar «Xalq banki» tizimiga tashkilotning STIRi boʻyicha soʻrovnomalarni qanday qoʻshish kerak Chet ellik shaхs tomonidan avtotransport vositasini Oʻzbekiston hududiga vaqtincha olib kirishni rasmiylashtirish tartibi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi

03.05.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining  29.04.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 171-son Qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi (FVDT) nizom tasdiqlanmoqda.

 

FVDT quyidagi rejimlarda amalga oshiriladi:

  • kundalik rejim – muayyan hududda, ob’yektda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi mavjud boʻlmaganda;
  •  yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi mavjud boʻlganda;
  •  favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar roʻy berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.

 

Yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari:

  • Vazirlar Mahkamasining;
  • Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashining;
  •  viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar хokimlarining;
  • tegishli ob’yektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etilishi mumkin.

 

Nizom bilan shuningdek FVDT boshqaruv organlari, har bir rejimda amalga oshiriladigan tadbirlar roʻyхati, shuningdek ularni moliyalashtirish manbalari belgilangan.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.