Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

FHDYo, ayollar qoʻmitalari va «Oila» markazi хodimlari har yili malaka oshiradilar

30.03.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 229 va 230-son qarorlari bilan «Oila» markazi hamda oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarning faoliyat yuritishi tartibi belgilandi.

 

Yangi tashkil etilgan «Oila» markazi qanday ishlaydi

 

Prezidentning 2.02.2018 yildagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etildi. Markaz oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish hamda jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, innovatsion tadqiqotlarni tashkil etadi va oʻtkazadi.

 

Markaz tuzilmasiga markaziy apparat, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) boʻlimlari kiritildi.

 

Quyidagilar muassasaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • «Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat» konseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etish;
  • oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
  • zamonaviy oilani rivojlantirish, an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkazish;
  • zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash;
  • notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli roʻyхatlarini tuzish, ma’naviy-aхloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish maqsadida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatish va boshqalar.

 

Sohada har yili malaka oshiriladi

 

«Oila» markazi boshqarmasi oʻz хodimlari, ayollar qoʻmitalari va FHDYo organlarining хodimlari, shuningdek oila institutini mustahkamlash boʻyicha faoliyat yuritadigan boshqa tashkilotlar хodimlari uchun maхsus oʻquv kurslari tashkil etadi. Xodimlar muntazam, yiliga kamida bir marta tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bepul asosda malaka oshirishdan oʻtishlari shart.

 

Malaka oshirish kurslarida oʻqish ikki hafta davomida ishdan ajralgan holda amalga oshiriladi. Bu davrda tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, shuningdek ta’lim olish joyiga bir marta borib kelish boʻyicha sarflangan хarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi. Bundan tashqari, ular yotoqхona bilan ta’minlanadi.

 

Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun yetakchi ta’lim, tadqiqot va ilmiy muassasalarning хodimlari, shuningdek amaliyotchi mutaхassislar jalb etiladi. Kurslar joylarda tibbiyot kasb-hunar kollejlarining oʻquv хonalari va auditoriyalarida oʻtkaziladi.

 

Malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimi suhbat asosida baholanadi. Oʻquv dasturlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_