Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

FJMS sugʻurta polislari blankalari yangilandi

22.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ularda qarindoshlik darajasi koʻrsatiladigan grafa paydo boʻldi (18.11.2019 yildagi 915-son VMQga qarang).

 

Bu 1 oktyabrdan boshlab FJMS sugʻurta polisida koʻrsatilgan avtomobil egasining yaqin qarindoshlariga foydalanish va uni boshqarish uchun notarial tasdiqlanadigan ishonchnoma zarur emasligi bilan bogʻliq.

 

Bu vaziyatda majburiy avtosugʻurta shartnomasini tuzganda mashina egasi avtomobildan foydalanish va boshqarishga ruxsat beradigan oila a’zolariga nisbatan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi  lozim. Sugʻurta polisining yangi grafasida esa “ota”, “ona”, “er (xotin)”, “aka-ukalar”, “opa-singillar” aniq koʻrsatiladi. Qoʻshni ustunlarga ularning FIO, shuningdek haydovchilik guvohnomasining seriyasi va  raqami yoziladi. Bu sugʻurta polisining ikkala turiga: haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish va haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirishga daxl qiladi.

 

Polisda yozilgan  qarindoshlar avtomobilni mustaqil ravishda, ya’ni uning egasi boʻlmaganda boshqarishlari mumkin. Bunda umumiy egalik huquqini tasdiqlaydigan hujjat (masalan, niqoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, nikoh shartnomasi, tahr.) ham ularga kerak boʻlmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.