Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olganlik uchun sanksiyalar joriy etildi

27.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

MJTKga foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olishga doir yangi modda kiritildi (22.01.2020 yildagi OʻRQ-603-son Qonunga qarang).

 

Bu MJTKning 165-moddasiga nisbatan maхsus norma boʻlib, unda yanada qat’iy javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Yangi modda boʻyicha fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyo yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilingan holda fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 70 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

 

Ushbu moddada foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish, хuddi shuningdek oltin izlovchilar usulida litsenziyasiz qazib olish qamrab olingan, yer osti suvlari hamda daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar bundan mustasno. Soʻnggi holatda MJTKning 70-moddasi birinchi qismi qoʻllaniladi, unda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solinishi nazarda tutilgan.

 

Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.