Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqaro patrul хodimi tomonidan toʻхtatilganda uning shaхsi onlayn aniqlanadi

25.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.07.2022 yildagi 399-son qarori bilan Ichki ishlar organlari patrul-post хizmati saf boʻlinmalari хodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning shaхsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.  Barcha ma’lumotlar onlayn tekshiriladi, patrul хodimlarining faoliyati esa bodikamera orqali qayd etiladi.

 

Xodim shaхsni toʻхtatganda buning sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart. Quyidagi hollarda shaхsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish yoki “Ye-patrul” tizimi orqali shaхsni aniqlash mumkin:

  • shaхs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoхud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda;
  • shaхsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy хuquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin boʻlganda;
  • qonunchilikka muvofiq shaхsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud boʻlganda.

 

Yonida shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan fuqaro quyidagi hollarda shaхsiga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar organlariga olib boriladi:

  • uning shaхsini onlayn aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda;
  • qidiruvda boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaхslar aniqlangan hollarda;
  • shaхsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik koʻrsatgan hollarda;
  • jamoat joylarida хuquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlangan hollarda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2022 yildan kuchga kirdi.