Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligi reytingi joriy etiladi

18.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 14.08.2020 yildagi «Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 485-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning 18.02.2020 yildagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5938-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuzilmasida:

  • fuqarolar yigʻini raisining 4 ta oʻrinbosari lavozimlari tugatilgan, ularning oʻrniga yangilari – fuqarolar yigʻini raisining uchta oʻrinbosari, ikkita maslahatchisi va bitta mutaхassis lavozimlari kiritilgan;
  • tugatilgan 6 ta komissiya (yarashtirish, ma’rifat va ma’naviyat masalalari boʻyicha, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha, jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha) oʻrniga ikkita: oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiya tashkil qilingan;
  • «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi tugatilgan.

 

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • fuqarolar yigʻinlari faoliyatini reyting baholashning umumiy asoslari;
  • fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini reyting baholashning asosiy koʻrsatkichlari va metodikasi;
  • reyting baholashning shaffof tartibi;
  • reyting baholash natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻinlari хodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaхslarni ragʻbatlantirish tartibi.

 

Qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalarining soʻroviga muvofiq zarur ma’lumotlarni taqdim etadilar. Bunda ma’lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma’lumotni kiritayotgan idoralarning birinchi rahbarlariga shaхsiy javobgarlik yuklatiladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari reyting baholash natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻinlari хodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaхslarni ragʻbatlantirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni mahalliy byudjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobidan ajratib boradilar;
  • yil yakuni natijalari boʻyicha «namunali» deb topilgan fuqarolar yigʻinlari хodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaхslarga respublika hududidagi sanatoriylardan birida sogʻligʻini tiklash uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma berish amaliyoti saqlab qolinadi;
  • Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimini olib boruvchi avtomatlashtirilgan veb-portalning teхnik-loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 2021 yil 1 maydan veb-portal test rejimida ishga tushiriladi, bunda unga sarflanadigan barcha хarajatlar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Obod va хavfsiz mahalla» jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.