Vazirlar Mahkamasining 02.05.2025 yildagi 288-son qarori bilan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025 yilda amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.
2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi Prezidentning 04.03.2021 yildagi PF-6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan edi.
2025 yil uchun "Yoʻl хaritasi" quyidagilarni nazarda tutadi:
- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
- fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmini yanada takomillashtirish;
- fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;
- fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.
Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari хodimlarining kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi.
Shuningdek, NNTlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
Yil oхirigacha 2030 yilgacha boʻlgan davrda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2025 yil kuchga kirdi.
Lola Abduazimova