Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni ta’sis etildi

16.11.2018

Rus tilida oʻqish

U 8 dekabr - Konstitutsiya kuni bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Mukofotlanganlar EKIHning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. Tegishli Nizom Prezidentning 14.11.2018 yildagi PQ-4017-son qarori bilan tasdiqlandi.

 

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar takdirlanadilar. Mukofot:

  • mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish;
  • inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish;
  • aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish;
  • nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtiroki uchun beriladi.

 

Bu – muhim! Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin. Bir shaхs koʻkrak nishoni bilan, qoidaga koʻra, bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni mamlakatimiz davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan hududlar miqyosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalariga taqdim etiladi.

 

Mahalliy vakillik organlari tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar koʻrib chiqilib, har yili 15 noyabrgacha Maslahat kengashiga taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_