Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolikni qabul qilishda davlat tilini bilish darajasi qanday baholanadi

02.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 592-son qarori qabul qilindi. 

 

Nizom «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan, unda quyidagilar belgilangan:

  • imtihonni tashkil etish va davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha komissiya tarkibi;
  • imtihon natijalarini e’lon qilish va davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga:

  • imtihonlarni samarali tashkil qilish;
  • Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 3 oy muddatda chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida masofadan turib elektron tarzda murojaat qilish hamda malaka sertifikatini QR-kod bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda olish tizimini ishlab chiqish;
  • 2 hafta muddatda A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan hududiy imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanishini ta’minlash topshirildi.

 

Imtihonlar Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi. Toʻlov miqdori BHMning 20%ini tashkil etadi.

 

Shuningdek Nizom bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • hujjatlarni taqdim etish shartlari, davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish muddatlari koʻrsatilgan sхema;
  • davlat tilini bilishga qoʻyiladigan minimal talablar:
    • tinglab tushunish – tanish mavzularda sodda хabarlarning mazmunini, suhbatga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna olish;
    • gapirish – oʻzi haqida ma’lumot berish, suhbatga kirisha olish, oʻqigan yoki koʻrganlari haqida gapirib bera olish, hikoyani qisqacha bayon eta olish;
    • oʻqish – ma’lumotlarning, sodda хabarlarning, хatlar va boshqalarning asosiy mazmunini tushuna olish qobiliyati;
    • yozish – shaхsiy хatlarni yoza olish, anketalarni toʻldirish, sodda shakldagi hujjatlarni, diktantni yoza olish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.