Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Futbol klublaridagi davlat ulushi sotiladi

19.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.04.2021 yildagi «Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 261-son qarori qabul qilindi.

 

Futbol sohasini rivojlantirish, futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentning 4.12.2019 yildagi «Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5887-son Farmoniga muvofiq futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va kompaniyalarga (roʻyхat boʻyicha) beriladi va keyinchalik belgilangan tartibda sotiladi.

 

Mazkur qarorga ilovada keltirilgan davlat organlari va хoʻjalik jamiyatlariga Turizm va sport vazirligi hamda tegishli hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda futbol stadionlaridan samarali foydalanish va ularning rentabelligini oshirish maqsadida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqib tasdiqlash topshirildi:

  • davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida futbol stadionlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, shuningdek ularning yil davomida doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash;
  • stadionlarda yil davomida oʻtkaziladigan sport tadbirlari (musobaqalar, sport toʻgaraklari), konsert va boshqa ommaviy tadbirlar sonini koʻpaytirish;
  • stadion hududida umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran), sport doʻkonlari, koʻngilochar joylarni (kinoteatr) tashkil etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.