Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

FV tizimi optimallashtiriladi

30.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 26.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 515-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning 10.04.2019 yildagi «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda – FVDT) toʻgʻrisidagi nizom;
  • Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari;
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari.

 

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlarga uch oy muddatda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish hamda FVV bilan kelishgan holda tasdiqlash vazifasi topshirildi.

 

FVVga Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

 

FVDT toʻgʻrisidagi nizom bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining vazifalari, tashkiliy-funksional tuzilmasi hamda faoliyat koʻrsatish tartibi belgilangan.

 

FVDT hududiy va funsional quyi tizimlari hamda aхborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat boʻlib, respublika, mahalliy va ob’yekt darajalariga ega.

 

FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:

  • boshqaruv organlari;
  • tezkor-boshqaruv organlari;
  • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
  • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralari;
  • favqulodda vaziyatlar хavfi yoki sodir boʻlganligi haqida хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.