Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Geografik ob’yektlarning klassifikatori ishlab chiqildi

06.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2025 yildagi "Geografik ob’yektlarga doir ayrim munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 475-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan geografik ob’yektlarni tizimlashtirishni, shu jumladan ularning kodi, turi, qisqartirilgan nomi va klassifikatsiya kodini belgilashni nazarda tutuvchi Geografik ob’yektlar klassifikatori tasdiqlandi. Geografik ob’yektlar nomlari davlat reyestri endi Klassifikator asosida yuritiladi.

 

2025 yil 1 oktyabrgacha tabiiy ob’yektlar, transport va muhandislik infratuzilmasi ob’yektlari nomlari Klassifikator asosida roʻyхatga olinishi kerak.

 

Viloyat hokimliklari Kadastr agentligi, Statistika agentligi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2026 yil 1 iyulgacha respublikaning barcha koʻchalari nomlarini roʻyхatga olib, ularni reyestrga muvofiqlashtirish, yangi tashkil etilgan va nomsiz koʻchalarni nomlash, shuningdek 12.10.2011 yildagi OʻRQ-303-son "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Qonun talablariga zid nomlarni oʻzgartirish choralarini koʻrishlari kerak.

 

Qaror bilan shuningdek koʻcha nomi va koʻchmas mulk ob’yekti raqami koʻrsatkichining shakli, oʻlchamlari, yozilishi va teхnik shartlarini belgilaydigan Koʻcha nomi va koʻchmas mulk ob’yekti raqami koʻrsatkichini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova