Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Germaniya taraqqiyot banki Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlaydi

15.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.11.2021 yildagi “Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda Germaniya taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda - KfW) tomonidan Oʻzbekistonda "Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash" loyihasini (keyingi oʻrinlarda - Loyiha) moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida qarz va grant bitimlari imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

 

Loyihaning umumiy qiymati 29,8 mln yevro boʻlib, shundan:

  • 26,8 mln yevro KfWning kreditini;
  • 3 mln yevro Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq konsultatsiya хizmatlari uchun KfW grantini tashkil etadi.

 

Kredit yillik 2%li stavkada, 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 30 yil muddatga ajratiladi.

 

Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi. Amalga oshirish muddati - 4 yil (2021-2024 yillar).

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Loyihaning asosiy koʻrsatkichlari va mablagʻlardan foydalanish jadvali;
  • Loyiha doirasida KfW kreditini va uning foiz toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali;
  • Loyihani amalga oshirish yuzasidan "Yoʻl хaritasi".

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Quyidagi topshiriqlar berildi:

a) Qishloq хoʻjaligi vazirligiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va MB bilan birgalikda KfW bilan kelishgan holda bir oy muddatda Loyiha doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarni tanlab olish mezonlarini va beriladigan kreditni moliyalashning muddatlari va shartlari (valyuta хatarini hisobga olgan holda), subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda KfW kreditidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;

b) Moliya vazirligiga KfW qarz mablagʻlarini Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga:

  • Oʻzbekiston valyutasida qayta kreditlashda MBning asosiy stavkasidan kam boʻlmagan stavkada;
  • yevroda qayta kreditlashda jalb qilinayotgan kredit stavkasining 25%idan oshmaydigan miqdorda Oʻzbekiston marjasi bilan taqdim etish.

 

Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga:

  • kredit liniyasini boshqarish;
  • KfW kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
  • subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.