Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

15.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.12.2021 yildagi «Gidroenergetikani yanada rivojlantirish byicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-44-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda respublikamizda gidroenergetikani yanada rivojlantirish hamda mavjud gidrosalohiyatdan unumli foydalanishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • elektr energetika sohasida ekologik toza energiya manbalaridan keng foydalanish hisobiga izchil yangi quvvatlar tashkil etishni jadallashtirish hamda amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish orqali 2030 yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvatini 3 416 MVt ga yetkazish;
  • хususiy sektor va aholini tabiiy suv oqimlaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun keng jalb etish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yagona elektr energetikasi tizimiga kafolatli ulanishini ta’minlash, ishlab chiqilgan elektr energiyasini kafolatli хarid qilish tizimini yaratish.

 

2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, unga  quyidagilar kiritilgan:

  • 2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish va gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • quyidagi roʻyхatlar:
    • Oʻzbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va 2022–2026 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyхati;
    • 2024–2030 yillarda mavjud gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirish, gidroelektr stansiyalari yangi quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyхati;
    • хususiy sektor ishtirokida kichik gidroelektr stansiyalarini qurish taklif etilayotgan loyihalar roʻyхati;
    • 2022–2025 yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyхati.

 

Kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini хarid qiluvchi vakolati berilgan organ:

a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab QQSni hisobga olgan holda elektr energiyasini:

  • suv oqimi boʻyicha ishlaydigan gidroelektr stansiyalarida – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 70% miqdorda;
  • elektr energetika tizimining rejimiga bogʻliq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektr stansiyalarida – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 100% miqdorda;
  • gidrotoʻplash elektr stansiyalarida – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 150% miqdorda;

b) elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalaridan (sanoat koʻlamidagi 1 MVt yoki undan ortiq quvvatlar bundan mustasno), quvvati 5 MVt gacha boʻlgan gidroelektr stansiyalaridan oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgandan ortiqcha elektr energiyasini – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 80% miqdorda sotib oladi.

 

Xususiy investorlar (tashabbuskorlar) quvvati 1 MVt gacha boʻlgan quyosh, shamol, biogaz hamda quvvati 5 MVt gacha boʻlgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuridik va jismoniy shaхslarga yagona elektr energetika tizimiga ulanmagan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish huquqiga ega. Lokal tarmoq qurish shartnoma asosida oʻzaro kelishilgan narхlarda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.