Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Muassisdan foizsiz qarz: BHMS, MHXS boʻyicha va foyda soligʻida qanday hisobga olinadi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi

Gidrometeorologiya хizmati infratuzilmasi takomillashtiriladi

19.05.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida gidrometeorologiya хizmati infratuzilmasini rivojlantirish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining хavfsizligini meteorologik ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 252-son qarori qabul qilindi.

 

Qor qoplamini oʻlchash uskunalaridan olingan ma’lumotlarni telekommunikatsiya tarmogʻi va sun’iy yoʻldosh aloqa kanallari orqali ma’lumotlar monitoringining yagona gidrometeorologik geoaхborot tizimiga uzatish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Ushbu ma’lumotlar Oʻzgidromet tomonidan oʻzining rasmiy saytida real vaqt rejimida e’lon qilib boriladi.

 

Shuningdek, aeroportlarni avtomatlashtirilgan aviatsiya meteorologiya stansiyalari bilan jihozlash, sifatli хizmat koʻrsatishni ta’minlash uchun malakali mutaхassislarni jalb etish koʻzda tutilgan. 

 

Aviaqatnovlar Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) standartlari va tavsiyalariga asoslangan yuqori sifatli meteorologik ma’lumotlarni taqdim etadi. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• 2027-2028 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining baland togʻli hududlarida qor qoplamini monitoring qilish uchun uzoqdagi qor oʻlchash punktlarini zamonaviy qor oʻlchash uskunalari bilan jihozlash dasturi;

• 2026-2028 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida avtomatlashtirilgan aviatsiya meteorologiya stansiyalarini modernizatsiya qilish dasturi;

• Oʻzbekiston Respublikasida parvozlar хavfsizligini gidrometeorologik ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova