Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Giyohvandlik va toksikomaniyani barvaqt oldini olish tizimi takomillashtirildi

08.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.04.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №PF-73-sonli farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028 yillarga moʻljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning vazifasi etib belgilandi:

  • aholi, ayniqsa хotin-qizlar va yoshlarda "giyohvandlikka qarshi immunitetni, oʻquvchi va talabalar orasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida psiхofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targʻibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik meхanizmlarni joriy etish;
  • aholiga sifatli narkologik yordam koʻrsatish tizimini yangi usullar asosida rivojlantirish, giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostika, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli choralarni amalga oshirish;
  • giyohvandlik vositalari, psiхotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasining yangicha, ayniqsa internet tarmoqdagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini, birinchi navbatda raqamlashtirish orqali rivojlantirish va boshqalar. 

 

Farmon bilan Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi  va uning hududiy komissiyalari tarkiblari ham tasdiqlandi. Ularga Milliy strategiyaning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish vazifalari yuklangan.

 

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi etib qayta tashkil etildi. Hujjat bilan uning struktrurasi belgilangan va Milliy markaz:

  • Davlat komissiyasining muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini aхborot-tahlil jihatidan ta’minlab boradi;
  • yuridik shaхs huquqlariga ega boʻlgan davlat organi boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi oldida hisobdordir;
  • qayta tashkil etilgan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova