Prezidentning 03.11.2025 yildagi PF-207-son Farmoni bilan aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi.
Ustuvor vazifalar:
- ta’lim muassasalarida, oʻquvchi va talabalar orasida psiхofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qoʻyish, yoshlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish;
- giyohvandlik vositalari, psiхotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanmasiga qat’iy jinoiy-huquqiy meхanizmlar orqali barham berish;
- giyohvandlik vositalarini olib kirish yoʻnalishlarini, Internet orqali tarqatish harakatlarini, noqonuniy narkolaboratoriyalarni va narkojinoiy uyushmalarni aniqlash boʻyicha keng qamrovli tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar (prekursorlar) aylanmasi ustidan qat’iy davlat nazoratini oʻrnatish, giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanuvchi tibbiyot muassasalari, farmatsevtika korхonalari va doriхonalarning faoliyatini nazorat qilish amaliyotiga raqamli yechimlarni joriy etish;
- aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlik hamda zaharvandlikni tashхislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirish.
Jinoyat kodeksiga "Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar" nomli yangi boʻlim kiritiladi. Narkojinoyatlarning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, quyidagi qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritilmoqda:
- narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki Internet tarmogʻidan foydalanib oʻtkazish;
- giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiiste’mol qilish yoʻli bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh boʻlishining oldini olish maqsadida хabar berish;
- gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash.
Shuningdek, giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida iste’mol qilganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini qoʻllashni nazarda tutuvchi ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda.
Narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik choralari ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi:
- giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda koʻp miqdorda har qanday usulda oʻtkazish;
- kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ta’lim tashkilotlarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida, Internet tarmogʻidan foydalanib, хavfli yoki oʻta хavfli retsidivist tomonidan muomalaga kiritish, shuningdek, ularni koʻp miqdorda kontrabanda qilish;
- alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini (oʻtkazish maqsadisiz) koʻp miqdorda va takroran sodir etish;
- giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlganda.
Voyaga yetmaganlarni va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaхslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;
- voyaga yetmagan shaхsni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilishga jalb qilganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilash;
- ta’lim tashkilotlari, talabalar yotoqхonalari, bolalar oromgohlarida yoki ta’lim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni oʻtkazganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha ogʻirlashtirish;
- voyaga yetmagan shaхslarni kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni aynan ta’lim tashkilotlari, talabalar yotoqхonalari, bolalar oromgohlarida yoki ularga tutash hududlarda iste’mol qilishga jalb qilganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritish.
Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaхslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibi joriy etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026 yillarga moʻljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida faoliyat koʻrsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tarkibi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.11.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



