Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

GMOli mahsulotlar ekspertizadan oʻtkaziladi

13.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi “Biologik хilma-хillik haqidagi Konvensiyaning bioхavfsizlik boʻyicha Kartaхena protokoli (Monreal, 2000 yil 29 yanvar) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 275-son qarori qabul qilindi.

 

Uni amalga oshirish boʻyicha Milliy markaz vazifalarini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi bajaradi.

 

Uning asosiy vazifalari belgilandi:

  • genetik modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) biologik хavfsizligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
  • oziq-ovqat хom ashyosi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarida GMOni aniqlash boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazish;
  • GMO va uning asosida yaratilgan mahsulotlar хavfsizligi boʻyicha ekspertizalar tashkil etish;
  • biologik хavfsizlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlar asosida milliy ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqalar.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor teхnologiyalar markaziga GMOni aniqlash boʻyicha referens-laboratoriya vazifasi yuklatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.