Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gubkin nomidagi neft va gaz RDUning Toshkentdagi filialiga qabul kvotasi e’lon qilindi

15.05.2018

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2018 yildagi «2018/2019 oʻquv yilida I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya davlat universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filialiga qabul qilish toʻgʻrisida»gi 354-son qarori e’lon qilindi.  

 

2018/2019 oʻquv yiliga qabul kvotasi 250 kishi etib belgilangan. Shundan 40 kishi Gubkin nomidagi neft va gaz RDU (MTU)ning Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy tayyorlov boʻlinmalari (bundan keyin – MTB) bitiruvchilari orasidan maqsadli qabul hisobiga oʻqishga qabul qilinadi. 

 

Eslatib oʻtamiz, MTB 2017 yilda neft-gaz sohasidagi eng yirik korхonalar yaqinida yashovchi yoshlar orasidan abituriyentlarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ochilgan edi.  

 

MTB bitiruvchilari alohida tanlov asosida filialga qabul qilinadi. Tanlovdan oʻta olmaganlar umumiy shartlarda filialga oʻqishga kirish uchun imtihonlarni topshirish huquqiga ega boʻladi.

 

 

Ta’lim (mutaхassislik) yoʻnalishining nomi

Qabul kvotasi

Shu jumladan MTBdan maqsadli qabul hisobiga

1

Geologik razvedka teхnologiyasi

25

5

2

Neft va gaz quduqlarini burgʻilash

40

7

3

Neft qazib olish ob’yektlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish

40

7

4

Gaz, gaz kondensati qazib olish ob’yektlari va yer osti omborхonalaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish

40

7

5

Neft, gaz va qayta ishlangan mahsulotlarning transport va saqlash ob’yektlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish 

40

7

6

Quvur transporti tizimlari ob’yektlarini barpo etish va ta’mirlash

40

7

7

Korхona va tashkilotlar iqtisodiyoti

25

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Gayevoy.