Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK–2017) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (24.01.2019 yilda 3132-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatga qarang).
Eslatib oʻtamiz, XALIKK–2017 2017 yil 1 noyabrdan amalga kiritilgan, biroq avvalgi klassifikatorga muvofiq ushbu sanagacha qayd etilgan mehnat daftarchalaridagi va korxonaning lokal hujjatlaridagi barcha yozuvlar oʻz kuchini saqlab qolgan.
Mehnat vazirligiga vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va ilmiy markazlarning asosli takliflari boʻyicha, shuningdek mehnat bozorida yangi kasb va lavozimlar paydo boʻlishini hisobga olgan holda XALIKK–2017ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berildi.
Mazkur holda klassifikator quyidagi pozitsiyalar bilan toʻldirildi:
1-jadval.
|
Kasbning nomi |
MMSK boʻyicha kod |
Xodimlar toifasi |
Malakaviy razryadlar diapazonlari |
Ta’limning eng past darajasiga talablar |
Ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kod
|
|
Ballon toʻldiruvchi |
8159 |
I |
4 |
OʻMKHT |
3610400 |
|
Vodoprovod tarmoqlari va quduqlar nazoratchisi |
7136 |
I |
2–4 |
OʻMKHT |
3340400 |
|
Toʻqish uskunasi operatori |
8112 |
I |
3–6 |
OʻMKHT |
3610400 |
|
Boʻyash uskunasi operatori |
8112 |
I |
3–6 |
OʻMKHT |
3610400 |
|
Maishiy xonalar farroshi |
9112 |
X |
1–2 |
TQ |
– |
2-jadval.
|
Lavozimning nomi |
MMSK boʻyicha kod |
Xodimlar toifasi |
Ta’limning eng past darajasiga talablar |
Ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kod |
|
Tabib |
2221 |
M |
TQ |
3510700 |
|
Komplayens yurist |
2421 |
M |
O/M |
5240100 |
|
Sudyaning yordamchisi |
3432 |
M |
OʻMKHT |
3240100 |
|
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis |
3442 |
M |
OʻMKHT |
3240100 |
|
Sudyaning katta yordamchisi |
2429 |
M |
O/M |
5240100 |
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʻyicha texnik |
3121 |
I |
OʻMKHT |
3330200, 3350100 |
Izohlar.
1. MMSK boʻyicha kod – Oʻzbekiston Respublikasi Mashgʻulotlarning milliy standart klassifikatori boʻyicha kod, Xalqaro mehnat tashkilotining Mashgʻulotlarning xalqaro standart klassifikatori ISCO-88 ga muvofiqdir.
2. Xodimlarning toifalari quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan:
M – mutaxassislar;
X – xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
I – ishlab chiqarish xodimlari.
3. Ma’lumotining eng past darajasi quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan:
O/M – oliy ma’lumotli, u «bakalavr» va «magistr» darajalarini oʻz ichiga oladi;
OʻMKHT – oʻrta maxsus, kasb-hunarga doir ma’lumotli;
TQ – ma’lumoti darajasiga talab qoʻyilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, XALIKK–2017:
- xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish qismida xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etish, mehnat shartnomalarini tuzish, buyruqlarni rasmiylashtirish, xizmatchilarni xodimlar toifasiga kiritish majburiy hisoblanadi;
- ma’lumotning eng past darajasi qismida ishga qabul qilish, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash davlat korxonalari, davlat muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlgan boshqa davlat tashkilotlarida qoʻllash uchun majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa – tavsiya tusiga ega;
- ta’lim yoʻnalishlari qismida – barcha tashkilotlar uchun tavsiya tusiga ega.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.01.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.



