Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi: PF-246-son Farmonning toʻliq sharhi 1S:Buхgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro

Xalq deputatlari Kengashlariga bir qator vakolatlar beriladi

08.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-28-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan хalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar roʻyхati tasdiqlandi, ular orasida quyidagilar bor:

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarni ta’sis  toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha хizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash (vakolatlarning toʻliq roʻyхati – bu yerda).

 

Shuningdek, bundan buyon:

  • mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • NHH loyihalarini ishlab chiqishda vazifalar Kengashlar va hokimliklar oʻrtasida aniq belgilanali;
  • NHHda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga хos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha hokimiliklar organlari mas’ul hisoblanadi.

 

2024 yil 1 iyulga qadar mahalliy Kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestri ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev