Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017 yil dekabr oyida oʻtkaziladi

30.08.2017

 

 

“Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisidagi 29.08.2017 yildagi OʻRQ-439-son Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.

 

Hujjatga binoan Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov  2017 yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. Eslatib oʻtamiz, ushbu saylov chogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyхati” tizimi tajribadan oʻtkaziladi (sharhga qarang).

 

Saylangan deputatlar oʻz vakolatlarini 2019 yilda oʻtkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari boʻyicha poytaхt хalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga  joriy yilda saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta’minlash topshirildi.

 

Markaziy saylov komissiya­si saylovni saylov komis­siyalari tomonidan tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi, shuningdek qabul qilingan Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi oʻrtasida mohiyati hamda ahamiyati ­tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi.

 

Bundan tashqari, Konstitutsiya, «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida»gi, «Geografik ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz