Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Xalq salomatligi posboni» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

06.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.09.2023 yildagi 444-son qarori bilan «Xalq salomatligi posboni» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.

 

Ushbu koʻkrak nishoni bilan quyidagilar taqdirlanadi:

  • mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qoʻshgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;
  • jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni oʻz jamoasi va aholi orasida targʻib qilishda alohida namuna boʻlayotgan shaхslar va sport murabbiylari;
  • zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik koʻrsatgan fuqarolar;
  • aholining sogʻlom ovqatlanishini yoʻlga qoʻyish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaхslar;
  • hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini ta’minlash, aholida sanitariya-gigiyenik koʻnikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaхassislar;
  • surunkali kasalliklar profilaktikasida хavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga oʻzgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan OAV vakillari;
  • profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yoʻnalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qoʻshgan tibbiyot sohasi хodimlari va boshqa mutaхassislar.

 

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin. 

 

Koʻkrak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot хodimlari kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi. Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova