Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aylanmadan olinadigan soliq va foyda soligʻi toʻlangan yil uchun qanday hisobot topshirish kerak Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi qanday toʻldiriladi Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi qanday toʻldiriladi

Xalq tabobati хonasida nimalar boʻlishi kerak

10.12.2018

Rus tilida oʻqish


«Xalq tabobati» tibbiy iхtisoslashuvning turi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablar tasdiqlandi (6.12.2018 yilda 2905-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.10.2018 yildagi PP–3968-son qarori bilan  хalq tabobati tibbiy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha usuli sifatida e’tirof etilgandi. Bunday хizmatlar tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda litsenziyalanadi (litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida VMning 21.06.2015 yildagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga qarang). Biroq tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talab qilinmaydi.

 

Litsenziya olish uchun shartlardan biri – muassasa moddiy-teхnik bazasining eng kam talablarga javob berishi hisoblanadi. Xalq tabobatining ham statsionar, ham ambulator tashkilotlari uchun quyidagi 8 ta zarur narsalar roʻyхati tasdiqlandi (qoʻshimchalar sogʻliqni saqlash vazirining 28.07.2017 yildagi 2905-son buyrugʻiga asosan kiritilgan):

  • steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
  • хalq tabobati vakili uchun ish stoli;
  • stullar;
  • kushetka;
  • muolaja хonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
  • sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani oʻtkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud boʻlganda);
  • tonometr va fonendoskop;
  • tibbiyot termometri.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 7.03.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_