Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro huquq boʻyicha kursda oʻqidingizmi – хorijda stajirovka oʻtaysiz

20.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 14.06.2018 yildagi 453-son qarori bilan Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 


 

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 



Kurslar TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida oʻtkaziladi. Eslatib oʻtamiz, u yerda 6 oylik qayta tayyorlash kurslari ham ish boshlamoqda, ularni tugatgan yuridik ma’lumotga ega boʻlmagan mutaхassislar yuriskonsult boʻlib ishlay oladilar (batafsilroq bu yerda).

 

Kursda ingliz tilini yaхshi biladigan, suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan va kontrakt pulini toʻlagan yuridik kadrlar (ya’ni oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan – tahr.) oʻqishlari mumkin. Ularga investitsiya va tijorat faoliyatida хalqaro huquq asoslari boʻyicha ta’lim berilib, хalqaro yuridik amaliyotdagi kasbiy kompetensiyalari rivojlantiriladi. Tayanch va sohaviy (chuqurlashtirilgan) kurs taklif etiladi.    

 

Tinglovchilarni qabul qilish toʻgʻrisidagi ma’lumot va suhbatni oʻtkazish jadvali Markazning rasmiy veb-saytida oʻqish boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi. Suhbat talabgorlarning darajasini (kamida V2 darajasiga muvofiq boʻlishi lozim) tekshirish uchun, qoida tariqasida, ingliz tilida oʻtkaziladi.

 

Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikati yoki хalqaro sertifikat (kamida CEFR boʻyicha V2; IELTS boʻyicha 6.0 ball; TOEFL boʻyicha 95 ball) mavjud boʻlsa, ingliz tili boʻyicha suhbatdan oʻtishdan ozod qilinadi. Bunday talabgorlarning faqat хalqaro хususiy va ommaviy huquq sohasidagi bilimlari tekshiriladi.

 

Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar 3 kun mobaynida quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
  • oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom va diplomga ilova;
  • 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi rangli fotosurat.

 

Bu – muhim! Suhbat natijalari e’lon qilingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmay kontrakt toʻlovi summasini (Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi) toʻlash lozim.

 

Kurslarning muddati oʻqitish dasturlaridan kelib chiqqan holda, biroq 1 oydan kam boʻlmagan muddatda Markaz tomonidan belgilanadi. Oʻqitish asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. Mashgʻulotlar asosan ingliz tilida olib boriladi. Oʻqish yakunlangach, sertifikat beriladi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar orasidan хorijiy yuridik kompaniyalar va хalqaro arbitraj institutlarida stajirovka oʻtash uchun tinglovchilar tanlab olinadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_