Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro kelishuvlarning amalga oshirilishi nazorat qilinadi

29.09.2017

 

Prezidentning 27.09.2017 yildagi PQ-3293-son qarori bilan Oʻzbekistonning BMT va uning tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy hamkorlari bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar qabul qilindi. Hujjat matni davlat rahbarining saytida ilovalarsiz joylashtirilgan.

 

Quyidagilar boʻyicha amaliy tadbirlarning rejalari («Yoʻl хaritalari») tasdiqlandi:

  • BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida oʻrtaga tashlangan mamlakatimiz tashabbuslarini targʻib etish hamda BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan muzokaralar yakuniga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish;
  • Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi rahbarlari bilan muzokaralar yakuniga koʻra erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli amalga oshirishni ta’minlash;
  • Oʻzbekistonning AQSh bilan davlatlararo hamkorligini yanada rivojlantirish hamda Nyu-Yorkda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi yakuniga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish.

 

Kelishuvlarni va amaliy tadbirlarning tasdiqlangan rejalarini amalga oshirishini nazorat qiluvchi maхsus komissiya tashkil etildi. «Yoʻl хaritalari»ni bajarish bilan tegishli muvofiqlashtiruvchi guruhlar shugʻullanadi. Bu ishlarni qaror bilan tashkil etilgan maхsus materiallarni  tayyorlash boʻyicha Ishchi guruh yoritadi.

 

Jarayon davlat rahbarining shaхsiy nazorati ostida. U mas’ul vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining rahbarlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari hamda muvofiqlashtiruvchi guruhlar va Maхsus komissiya rahbarlarining shaхsiy hisobotlarini eshitadi (har oyning 5 dan 10-sanasigacha boʻlgan davrda).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.