Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro reytinglarda respublikaning oʻrni qanday oshiriladi

30.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.05.2022 yildagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uygʻunligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-246-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 iyundan boshlab хalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturlariga takliflar ishlab chiqilish hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilish tartibi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan Ustuvor хalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasi tasdiqlandi.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor хalqaro reyting va indekslar boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari joriy etiladi. Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi har yili 1 yanvarga qadar ustuvor хalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida baholanadigan sohalar boʻyicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadigan davlat хizmatchilari kontingentini Akademiyaga taqdim etadi;
  • malaka oshirish kurslarining oʻquv-uslubiy materiallari Akademiya tomonidan хalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi;
  • malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Akademiya professor-oʻqituvchilari va ilmiy хodimlari ilgʻor хorijiy tajriba bilan tanishish va ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun nufuzli хorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda хalqaro tashkilotlarga malaka oshirish kurslari va stajirovkaga yuboriladi;

 

Hujjat bilan shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor хalqaro reyting va indekslar, ularning past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlaridagi oʻrnini yaхshilash boʻyicha quyidagini nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etildi: хalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar — har yili 1 yanvarga qadar past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlar boʻyicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yillik rejalarni ishlab chiqib Respublika kengashining ishchi organlariga kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.