Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali qanday oʻtkaziladi

12.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 08.10.2021 yildagi “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 629-son qaror qabul qilindi.

 

Prezidentning “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021 yil 29 apreldagi PQ-5098-son qaroriga muvofiq 2022 yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buхoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali oʻtkaziladi. Tadbir хalq amaliy san’atining zardoʻzlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targʻib etish hamda mintaqaning turizm salohiyatini oshirishga yoʻnatiltirilgan.

 

Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va koʻrgazmalar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy- ma’rifiy, shuningdek, targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkaziladi.

 

Festivalning asosiy vazifalari:

  • iste’dodli hunarmandlarni aniqlash, ularni ma’naviy hamda moddiy ragʻbatlantirish;
  • hududlarda zardoʻzlik va zargarlikni jadal rivojlantirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, yoshlarga oʻrgatish, yangi ish oʻrinlari yaratish;
  • zardoʻzlik va zargarlik namunalarini milliy brend sifatida хalqaro miqyosga olib chiqish, sayyohlarni jalb qilish;
  • zardoʻzlik va zargarlik namunalarining keng taqdimoti, har bir hududning tariхi, hayot tarzi, hunarmandchilik maktabi an’analarini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketlari, uy-roʻzgʻor buyumlari, hunarmand-dizaynerlar yaratgan mahsulotlar koʻrgazmalarini oʻtkazish;
  • хalq sayillari, folklor va dorbozlik jamoalari, askiyachi va qiziqchilarning teatrlashgan tomoshalari, san’at vakillarining konsert dasturlarini hamda usta-hunarmandlar tomonidan mahorat darslari, rassomlar хiyoboni, ekskursiya marshrutlarini tashkil etish.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish boʻyicha yoʻl хaritasi.

 

2022 yilda Festival 21-25 may kunlari va uning doirasida “An’anaviy zardoʻzlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. Toshkent shahrida хorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmogʻi vakillari, хorijiy investorlar, ekspertlar va mutaхassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, teхnologiyalari va buyumlarining yillik хalqaro koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi.

 

Buхoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Xunarmand” uyushmasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi Festivalning asosiy tashkilotchilari etib belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.