Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

«Xalqlar doʻstligi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

03.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.06.2021 yildagi 335-son qarori bilan «Xalqlar doʻstligi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.

 

Koʻkrak nishoni bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshgan mahalliy va хorijiy davlat organlari хodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadilar.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (Qoʻmita) tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tashkil etildi.

 

Komissiya har yili 1 iyulga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qiladi.

 

Bundan tashqari, Qoʻmita raisi oʻz tashabbusiga asosan хorijlik hamkorlar, хorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchiхonalari va хalqaro tashkilotlar vakolatхonalari vakillarini millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.

 

Koʻkrak nishoni har yili 30 iyul - Xalqlar doʻstligi kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida (980 ming soʻm) bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

Bir shaхs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.