Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqlar doʻstligi kuni 30 iyulda nishonlanadi

12.02.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senatining oʻn ikkinchi yalpi majlisida 5.02.2021 yildagi «Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi OʻRQ-972-son Qonun ma’qullandi. 10 fevral kuni ushbu Qonun Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolandi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro doʻstlik kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olib, ushbu sanani Xalqlar doʻstligi kuni deb belgilash taklif etilgan edi.

 

Bundan tashqari, Prezidentning 2.03.2020 yildagi Farmoniga muvofiq tasdiqlangan «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturida «Xalqlar doʻstligi va umumхalq birdamlik kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqish topshirigʻi belgilangan.

 

«Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonunda хalqimizga хos bagʻrikenglik va azaliy doʻstlik gʻoyalari ifoda topgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elatlar hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilib, 141 ta milliy-madaniy markaz va 36 ta doʻstlik jamiyati faoliyat yuritmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2021 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.