Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Har bir oila - tadbirkor" dasturiga yana $100 mln ajratiladi

25.05.2020

Rus tilida oʻqish

"Har bir oila - tadbirkor" dasturini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar qabul qilindi (20.05.2020 yildagi PQ-4720-son qarorga qarang).

 

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi Prezidentning 2018 yil 7 iyundagi PQ-3777-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi qoʻshimcha ravishda $100 mln ekvivalentidagi mablagʻlarni quyidagi vakolatli banklarga ajratadi:

  • "Agrobank" ATBga - $40 mln ekvivalentida;
  • AT Xalq bankiga - $30 mln ekvivalentida;
  • "Mikrokreditbank" ATBga - $30 mln ekvivalentida.

 

Qoʻshimcha mablagʻlarni ajratish Prezidentning 2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-son qaroriga asosan Jamgʻarma hamda vakolatli banklar oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2020 yilda kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.