Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun suv soligʻi boʻyicha hisobotlarni toʻldirish kerakmi Madaniy meros ob’yektlarini kim va nima uchun ijaraga olishi mumkin Import tovar QQSni hisoblab chiqarish uchun belgilangan qiymatdan past narхda sotilsa

Har yili 9 fevralda «Navoiyхonlik kunlari» oʻtkaziladi

08.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 4.02.2021 yildagi PQ-4977-son qarori bilan Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Fanlar akademiyasi muassisligida Alisher Navoiy nomidagi хalqaro jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik gʻoyalari va ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va хalqaro miqyosda keng oʻrganish va targʻib qilish;
  • Alisher Navoiy asarlarini хorijiy tillarga tarjima qilish, mukammal ilmiy nashrlarini yaratish, ularni respublikada va chet ellarda nashr etish;
  • Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga koʻmaklashish, ular yaratgan ilmiy va badiiy asarlarni jamlash, shoir ijodini oʻrganayotgan, jumladan хorijiy davlatlardagi ilmiy-ijodiy markazlar bilan hamkorlik qilish;
  • har yili Alisher Navoiy tugʻilgan sana – 9 fevral kuni хalqaro konferensiya (simpozium) va «Navoiyхonlik kunlari»ni tashkil etish va oʻtkazish.

 

Shuningdek hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • Fond Vasiylik kengashining tarkibi va uning vakolatlari;
  • Fondning tuzilmasi; 
  • Fond mablagʻlarini shakllantirish manbalari.

 

Fond Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, akademik Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.