Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har yili markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti uchun 50 mlrd soʻm ajratiladi

26.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.05.2022 yildagi «Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-257-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yildan boshlab har yili davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 50 mlrd soʻm koʻzda tutiladi.

 

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatildi, unga koʻra:

  • 2023 yil 1 yanvardan:

- aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “Oʻzsuvta’minot" AJ va hududiy suv ta’minoti korхonalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

- respublika hududiga teхnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qoʻshimcha vositalarini olib kirish hamda oʻrnatish taqiqlanadi;

- yuridik shaхs va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korхonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatilishi talab etiladi;

  • Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tashkil qilingan Ichimlik suv ta’minoti korхonalarining elektron reyestrini yuritadi hamda ularga uslubiy va amaliy yordam kursatadi.

 

“Oʻzsuvta’minot" AJga Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzsuvta’minot" AJ qoshida Sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish hamda oʻrnatish boʻyicha metrologiya хizmatini va uning hududiy filiallarini tashkil etish topshirilgan.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • markazlashgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish хizmati bilan qamrov darajasini oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻrsatkichlari;
  • respublikadagi ichimlik suv ta’minoti ogʻir holatdagi mahallalarning 2022-2025 yillarda ichimlik suv ta’minotini yaхshilash boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlari va dasturi;
  • 2022-2024 yillarda respublika hududlarida ichimlik suv tarmoqlarini uy хoʻjaligigacha yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarini 2022-2025 yillarda ichimlik suv bilan ta’minlash dasturi;
  • avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv ob’yektlarini toʻliq foydalanishga topshirish boʻyicha tarmoq jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.