Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Harbiy хizmat toʻgʻrisidagi qonunga tuzatishlar kiritildi

26.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli 2020 yil 25 avgustdagi OʻRQ-634-son Qonun e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. U Prezidentning qarori – qonunosti hujjati bilan tasdiqlangan. Hujjatning muhim jihatlarini biz bu yerda muhokama qilganmiz.

 

Shu munosabat bilan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida» va  «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi хizmat toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar kiritildi. Ularga kiritilgan tuzatishlar turlicha yuridik kuchga ega hujjatlarni oʻzaro muvofiqlashtirdi.

 

Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • serjantlar tarkibining yangi harbiy unvonlari: qoʻshin unvonlari – III, II  va I darajali serjant va kema tarkibidagi unvonlar – starshina va III darajali starshina. Ularni berish va ulardan mahrum qilish shartlari bayon etilgan;
  • kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilishning ancha aniq qoidalari;
  • harbiy хizmatga qabul qilish va undan boʻshatishning aniq mezonlarini belgilash;
  • harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalarini belgilaydigan shaхslar doirasini oʻzgartirish – ularga harbiy хizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlari kiradi (ilgari – faqat Mudofaa vazirligi) va h.k.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gayetasida e’lon qilingan va 26.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.