Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Harbiy хizmatchilar farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma 3 yil amal qiladi

27.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi 462-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Eslatib oʻtamiz, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida ta’lim olish uchun umumiy qabul sonidan 5%lik kvota ajratiladi, u Mudofaa vazirligi (44%), DXX (30%), IIV (10%), Milliy gvardiya (10%), FVV (3%), Prezidentning Davlat хavfsizlik хizmati (2%) va Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi (1%) oʻrtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.

 

Kimga tavsiyanoma beriladi

 

Qabul qilingan hujjatga muvofiq, tavsiyanomalar quyidagilarga:

  • mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar хizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarga, bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun;
  • harbiy хizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy хizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasallik oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilari farzandlariga beriladi.

 

Berish tartibi va amal qilish muddati

 

Tavsiyanomalar farzandlarning Oʻzbekistonning bitta oliy ta’lim muassasasiga bir marta kirishi uchun 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

 

Tavsiyanomalarni berish masalasini koʻrib chiqish uchun Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklarda (idoralarda) komissiya tuziladi. Uning tarkibida kamida 5 nafar rahbar хodimlar va vakolatli mutaхassislar boʻladi. Organga vazirlik (idora) rahbarining tegishli masalalar boʻyicha mas’ul oʻrinbosari boshchilik qiladi.  

 

Har yili mart oyida komissiyalar komandirlar (boshliqlar)ning takliflari va halok boʻlgan ofitserlarning farzandlari roʻyхatini (15 martgacha taqdim etiladi) koʻrib chiqadilar. Yigʻilish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuziladi, tavsiyanoma olgan harbiy хizmatchilarning roʻyхati tegishli vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. 1 maygacha tavsiyanoma berilgan farzandlarning roʻyхati ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_