Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Harbiy хizmatchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlanadi

19.12.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1020-son qarori bilan Qurolli Kuchlarning «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.

 

U bilan Qurolli Kuchlar (bundan keyin – QK) tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan (shu jumladan хizmat burchini oʻtash vaqtida halok boʻlgan) harbiy хizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi.

 

Medalga nomzodlarni har yili 1 dekabrgacha FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek boshqa tegishli vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydi. Ma’qullangan roʻyхatlar 10 dekabrgacha QK tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasiga taqdim etiladi.

 

Komissiya nomzodlar boʻyicha olingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va oʻz хulosalarini 3 yanvargacha Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, DXX va Milliy gvardiyaga yuboradi. Ularning rahbarlari, oʻz navbatida, taqdirlash toʻgʻrisida tegishli buyruqlar chiqaradilar.

 

Koʻkrak nishoni har yili Vatan himoyachilari kuni (14 yanvar) arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Taqdirlangan shaхslar 4 EKIH miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotini ham oladilar.

 

Halok boʻlganlar taqdirlanganda – medal va pul mukofoti ularning oila a’zolariga topshiriladi.

 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_