21.12.2016 yilda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi Qarori imzolandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Harbiy хizmatga chaqiruv e’lon qilindi
Harbiy хizmatga chaqiruv e’lon qilindi
23.12.2016

Hujjatga koʻra, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar 2017 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi. Bunda Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan, muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va ozod etish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2017 yilning fevral-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.



