Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

Harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

12.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.02.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy хizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidaqaror qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan, 2021 yil mart-aprelda:

  • chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi;
  • muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.

 

Harbiy хizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olinadi.

 

 Elmira Siraziyeva.