Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xavfli yuklarni tashish uchun – хalqaro talablar

16.01.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2020 yil 10 yanvardagi PQ-4564-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Xavfli yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisidagi Yevropa bitimiga (1957 yil 30 sentyabr, Jeneva) hamda 1957 yil 30 sentyabrdagi Xavfli yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisidagi Yevropa bitimining 1-moddasi a) bandiga hamda 14-moddasi 1 va 3 b) bandlariga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomaga (1993 yil 28 oktyabr, Jeneva) qoʻshildi. 

 

Bitim хalqaro tashuvlar хavfsizligini oshirishga qaratilgan, unda «хavfli yuklar» atamasiga ta’rif berilgan. Bunda muayyan shartlarga rioya etilgan holda хalqaro tashuvlarga ruхsat etiladigan moddalar va buyumlar nazarda tutiladi.

 

Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yuqorida koʻrsatilgan хalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organlar etib belgilangan.

 

Mamlakatimiz TIV Oʻzbekiston Respublikasining mazkur хalqaro shartnomalarga qoʻshilishi hamda ularni amalga oshirish uchun ma’sul boʻlgan vakolatli organlar haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.

 

Ushbu хalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2020 yildan kuchga kirdi.