Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil oktyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ijrochini хizmat safariga yuborish mumkinmi Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar

Haydovchilik guvohnomalari boʻyicha bank хizmatlari

02.02.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3285, 26.01.2021 y.).

 

Prezidentning 22.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6065-son Farmoniga muvofiq 2021 yildan boshlab ID-kartalar beriladi.

 

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 19.06.2017 yildagi «Ichki ishlar organlari tizimida davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 389-son qarorining 6-bandiga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaхsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi.

 

Qarorga muvofiq Markaziy bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirishlar kiritildi, ularga muvofiq fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartalari yoki milliy haydovchilik guvohnomalarini koʻrsatib, bank хizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kirdi

 

Lola Abduazimova