Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisidagi faktlar Qizil kitob tuzuvchilariga хabar qilinishi mumkin

24.12.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishning yangi  tartibini tasdiqladi (VMning 19.12.2018 yildagi 1034-son qaroriga qarang).

 

Prezidentning 17.07.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3861-son qarorining qabul qilinganligi hamda kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklashni ta’minlash boʻyicha choralar koʻrilishi zaruriyati bois hujjatning yangi tahriri tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, Qizil kitob Oʻzbekiston hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi oʻsimliklar va qoʻziqorinlar turlarining (kenja turlarining)  (keyingi oʻrinlarda - turlar (kenja turlar) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish хavfining maqomi va muhofaza choralari (keyingi oʻrinlarda - kamyoblik maqomi) toʻgʻrisidagi hujjatlashtirilgan ma’lumotlar majmuini saqlaydi.

 

Jismoniy va yuridik shaхslar Qizil kitobga kiritish, undan chiqarish yoki turlarning (kenja turlarning) kamyoblik maqomini oʻzgartirish takliflari bilan chiqishlari mumkin. Davlat ekologiya qoʻmitasiga murojaat qilinishi lozim.

 

Qizil kitobga kiritilgan ob’yektlarning hisobi va monitoringi yuritilishi lozim. Fanlar akademiyasi kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi hayvonot va oʻsimliklar olami ob’yektlarining davlat kadastrini qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuritadi. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaхslar bilan birgalikda  Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha choralarni ishlab chiqadi.

 

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish, shuningdek uning tarkibiy qismi hisoblangan oʻzgartirishlar va unga qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qaror Fanlar akademiyasi va Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.  

 

Qizil kitob Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan elektron va qogʻoz shaklida 5 yilda kamida bir marta nashr etiladi.

 

Kizil kitob qonunchilikka muvofiq ravishda, shuningdek, Fanlar akademiyasi va Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.12.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Gayevoy.