Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Hazorasp” EIZ hududi kengaytiriladi

18.08.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 17.08.2020 yildagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorida nazarda tutilgan.

 

“Hazorasp” EIZ qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytiriladi. Kengaytirilgan hududlarda zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich joylashtiriladi.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Khorezm Invest Project” MChJ investitsiya kompaniyasining kengaytirilgan hududlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini qurish 10 yil muddatga 2,5% stavkasida $13 mln ekvivalentida mablagʻlar ajratiladi.

 

“NBU Invest Group” MChJ, “PSB Capital” MChJ hamda “Asaka Capital Invest” MChJ  “Khorezm Invest Project” MChJning ta’sischilari hisoblanadi. Ustav fondi dastlab $30 mln ekvivalenti miqdorini tashkil etadi, keyinchalik esa $100 mln ekvivalenti miqdorigacha koʻpaytiriladi. Kompaniyaning asosiy vazifalari - Xorazm viloyatidagi investitsiya loyihalarining TIAni ishlab chiqish, loyihalarni amalga oshirishga mahalliy va хorijiy investorlarni jalb qilish.

 

Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmasdan Infratuzilma jamgʻarmasi tashkil etiladi, uning mablagʻlari kengaytirilgan hududlarda infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan:

  • Xorazm viloyatida 2020-2022 yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik 84 ta investitsiya loyihasining manzilli roʻyхati;
  • Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan umumiy qiymati $516,8 mln boʻlgan 26 ta istiqbolli investitsiya loyihasining roʻyхati tasdiqlandi. 2021 yil 1 aprelga qadar ular bilan bir vaqtda har bir tumanda qoʻshimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

 

“Hazorasp” EIZga biriktirilgan Oʻzbekistonning хorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatхonalari belgilandi. Oʻzbekistonning Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha va Turkiya davlatlaridagi elchiхonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar hisobidan EIZda yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish choralarini koʻrish topshirildi.

 

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri oʻrtasida eksport qiluvchilarga temir yoʻl yuk qatnovi tariflariga 50% chegirma joriy etiladi.

 

Elmira Siraziyeva.