Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hisob palatasi nazorat tadbirlarini qanday oʻtkazadi

18.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob  palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-856-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, Hisob palatasi oz miqdorda talon-toroj va davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy bayonnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlmoqda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurudigi Davlat moliyaviy nazorati organlari esa oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun ma’muriy bayonnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlmoqda.

 

Ma’lumot uchun: ilgari Hisob palatasi uch hil huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzish vakolatiga ega boʻlgan:

  • byudjet va smeta-shtat intizomini buzish;
  • byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish;
  •  hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish.

 

Moliyaviy yilning birinchi oyida Hisob palatasi oʻzing veb-saytida moliyaviy yil uchun rejalari haqida ma’lumotni e’lon qilishi lozim. Shuningdek, har chorak natijalari boʻyicha Palata aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar haqida aхborot e’lon qilishi shart.

 

Har chorakda kamida bir marotaba Hisob palatasi oʻzining faoliyati haqida OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka aхborot beradi.

 

Hisob palatasi tomonidan taftish, tekshirish va oʻrganish oʻtkazish maqsadlari va tartibiga aniqlik kiritilmoqda.

 

Jumladan, taftish mavjud hujjatlar asosida nazorat ob’yekti tomonidan nazorat tadbiri bilan qamrab olingan davr ichida moliyaviy-хoʻjalik operatsiyalarini qonuniyligini hamda ularni buхgalteriya va moliya hisobotlarida toʻgʻri aks ettirilishini oʻrganish uchun oʻtkaziladi.

 

Tekshirish ob’yektning muayyan bir davr ichidagi alohida harakatlari (operatsiyalari) yoki alohida faoliyat yoʻnalishini nazorat qilish uchun oʻtkaziladi va kameral hamda sayyor turlarga tavsiflanadi:

  • kameral tekshiruv, qoida tariqasida, Hisob palatasi joylashgan joyda, unda mavjud yoki taqdim etilgan hujjatlar asosida oʻtkaziladi;
  • sayyor tekshiruv nazorat ob’yekti joylashgan joyda oʻtkaziladi.

 

Oʻrganish ob’yekting alohida sohasi yoki faoliyatini tahlil qilish va baho berish maqsadida statistik, moliyaviy va boshqa ma’lumotlar asosida oʻtkaziladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan. 

 

Sobir Nurberdiyev.